18.01.2022

Yangi kitob

«Yangi asr avlodi» nashriyoti tomonidan «Jallod ayol» nomi ostida chop etilgan yangi kitob mutolaasiga kirishar ekansiz, shoshib qolishingiz, hayratga tushishingiz tabiiy, shunday ekan, qarama-qarshi hislar tug‘yonini […]
06.05.2021

Yangi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2021-yil 6-may kuni Toshkent shahridagi “Gʻalaba bog‘i”da Nabi Jaloliddinning “Urushning davomi” nomli yangi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
29.03.2021

Yangi kitob

G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU tomonidan taniqli yozuvchi Nabi Jaloliddining “Urushning davomi” nomli kitobi nashr etildi. Undan o‘rin olgan “O‘limning rangi” deb atalmish qissada mudhish Afg‘on urushi […]
02.09.2020

E’tirof

Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston Prezidentining 2020 yil 27 avgustdagi farmoniga ko‘ra, yozuvchi Nabi Jaloliddin “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. “Bizni pisand qilganlarga ming bora qulluq! Allohga shukur!”, […]
16.01.2019

Nabi Jaloliddin hikoyalari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlandi

Farg‘ona davlat universitetida o‘qituvchi Abduvahob Qayumov «Hozirgi o‘zbek nasrida milliy xarakter va badiiy mahorat» mavzusida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini yoqladi. Dissertatsiya mavzusiga taniqli […]
07.01.2019

«Oraliq» romanining davomi

Nabi Jaloliddin Umar Xayyom haqidagi «Oraliq» romanining davomini yozib tugatdi. «Umar Xayyom hayoti va ijodi, uning o‘smirlik va yigitlik davrlari haqida so‘zlovchi «Oraliq» romani kitobxonlar tomonidan […]

Tarjimai hol


N abi Jaloliddin 1962-yil 2-mayda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. Afg‘on urushi qatnashchisi (1981-83-yy.) va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Shuhrat" medali sohibi (2020).

Toshkent Davlat universiteti(hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

She’riy kitoblari:

“Yalpizli kecha”;
“Hur nido”;
“Sen bilan qolmayman”;
“Ko‘ngil ozod”;
"Endi kuz";

Nasriy kitoblari:

“O‘limning rangi” (qissa);
“Erkagi bor uy” (hikoya va qissalar);
“Xayyom” (roman);
"Tegirmon" (roman);
"Urushning davomi" (qissalar va roman);
"Jallod ayol" (qissalar)

Nabi Jaloliddin jahon adabiyotida o‘ziga xos iz qoldirgan fransuz faylasufi va yozuvchisi Alber Kamyuning “Kaligula” pyesasini o‘zbek tiliga o‘girgan.

  • Kitoblar ko‘zguga o‘xshaydi: ahmoq unga qarasa, undan aqlli yuzni qidirishdan foyda yo‘q.
    J. K. Rouling