Ateist

Buyuk Cho‘lponni o‘rgangim keldi
26.03.2015
Qayta qurish
26.03.2015

U bosh injenerni yomon, uning kursisini esa yaxshi ko‘rardi. Shuning uchun bosh injener haqida “teskari faktlar” to‘plashga kirishdi. Oxiri chiroyli “izhori dil” yozib, direktorga dumalatib yubordi. “Izhori dil”da shunday yozilardi:

“Partiya va hukumatimiz dinga qarshi keskin kurashayotgan bir paytda Palon Palonovdek kommunist va rahbar shaxslarning xudojo‘yligi kishini tashvishga soladi. Bosh injener P.Palonov birov bilan ko‘rishsa, “salom” emas, albatta, “assalomu alaykum” deydi. Hatto oshni ham qo‘lida eydi. Bu uning qoloq, eskilikka berilganligidan emasmi? Dasturxon ustida ham qariya otasiga qo‘shilib, fotiha o‘qiydi. Hamisha do‘ppi kiyib yuradi. Kattayu kichik bilan so‘rashsa ham, bir qo‘li ko‘ksida bo‘ladi. Ko‘pincha gapirganda “har kimning o‘z xudosi bo‘lishi kerak”, deydi. “Nasib qilsa” kabi iboralarni ko‘p ishlatadi. Bular bari uning dindorligidan. Bo‘lmasa, bosh injener bo‘la turib, mahalladagi har bir to‘y, motam marosimiga kirishi, kechalari uyida to‘n kiyib yurishi shartmi? Men bundayin xudojo‘y shaxs kommunist bo‘lishga, rahbar xodim bo‘lishga noloyiq deb bilaman…

Imzo yo‘q.”

Arxivdan. 1987-yil, fevral