Buyuk Cho‘lponni o‘rgangim keldi

Nabi Jaloliddin ikkinchi muddatga deputat etib saylandi
22.12.2014
Ateist
26.03.2015

Cho‘lpon tom ma’noda mustamlakachilarga murosasiz isyonkor, chinakam millatparvar, Vatan ozodligini mardlarcha kuylay olgan haqiqiy erkparvar shoir. U umrining oxirigacha, goho biroz chekingan, “jon saqlagan” bo‘lib, Vatanimiz ozodligini orzulab, shu yo‘lda kurashib o‘tdi. Adabiyotimiz tarixida butun umrini, ijodini to‘la ma’noda erk uchun kurashga bag‘ishlagan boshqa ijodkor yo‘q. Ehtimol o‘zga xalqlarda ham kam topilar.

***

Cho‘lpon bag‘oyat ko‘ngilchan, qalbi nozik, tom ma’noda pokiza ruhiyatli inson edi. U odamlarni juda-juda ayardi, ehtiyotlardi. Shu fe’li bilan bu qadar isyonkorlikni, jasoratni qaydan olganligiga hayratga tushmay iloj yo‘q. U shuning uchun ham buyukdir.

***

Uning muhabbat, tabiat yoki boshqa lirik mavzulardagi she’rlarining misralari qatida ham isyon, erk istagi, millat uchun qayg‘urish ma’nolari, tuyg‘ulari, iztiroblari yashiringan. Bu ham uning shunchaki “artist”, tuslanuvchi ijodkor emasligini ko‘rsatadi.

***

“Kecha va kunduz”ni eslang: millat fojiasini, qusurlarini, g‘aflat uyqusida ekanligini, jaholat, fahsh, xiyonat, savodsizlik oddiygina turmush tarziga aylanib qolganligini naqadar teran va iztirob bilan tasvirlagan. Erkaklar fahshga, aysh-u ishratga botgan, ko‘plari savodsiz, johil. Endi Cho‘lpon umid ko‘zini ayollarga tikadi. Shuning uchun ham romanda ayollar obrazi ko‘pchilikni tashkil etadi. Agar u romanning “Kunduz” qismini yozganida ham, fikrimcha, oktyabr to‘ntarishidan keyingi “baxtli hayot”ni tasvirlamasdi. Yo‘q! U Vatan mustaqilligini yaqinlashtirguvchi xayoliy orzu-istaklarini, kurash yo‘llarini, g‘aflatdan uyg‘onish bosqichlarini yozgan bo‘lardi.

***

Bir paytlar Cho‘lponni o‘ris yozuvchisi Bulgakovga qiyoslab allanimalar yozgandim. Zero, Bulgakovning Volandi (Iblis) odamlarga ko‘zgu tutib, basharalarini ochib tashlaydi va vasvasaga soladi. Cho‘lpon ham, obrazli aytganda, mute, mazlum xalqning diliga vasvasa solib, isyonga chorlaguvchi Volandni orzu qilgan. Zora shunda erk kuni yaqinlashsa, deya o‘ylagan.

***

Agar dunyoda ranglar, shakllar bo‘lmasa, hamma narsa o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Ularni farqlovchi rang va shakllardir. Cho‘lpon tariximiz, adabiyotimizga ana shunday ma’no berolgan shaxs.