Dasturxon

Bekat
27.02.2014
Dayus
27.02.2014

— Nega yozdingiz axir?!

— Bilmadim-ey… Shu-u… Xayolimga kelgani uchun yozibman-da.

— Qarang, qanday yozibsiz: bir tomonda gullar emish. Axir tirishib yotibdi-ku. Mana shu gulga o‘xshaydimi axir? Kichkinagina tarnov-ku.

— Xo‘p, shu yerini to‘g‘rilab qo‘ysam maylimi? Axir men yozayotganimda sizni o‘ylamagandim-da. Yozgim keldi tamom, yozdim. Shunga ham…

 — Ota go‘ri qozixonamas. Bilasizmi, buni kimlar o‘ylab topgan? Bilmaysiz! Bilsangiz, tilga ham olmasdingiz. Qilg‘ilikni, yanaki eng yomon qilg‘ilikni qilib qo‘yganlar, onasini garovga qo‘yib, o‘lib ketgan otasining yotgan joyini so‘roqxonaga aylantirmoqchi bo‘lganlar gapi bu. Tak shto, to‘g‘risini ayting!

— To‘g‘risi shu, birodar: yozgim keldi, yozdim. Bunaqa ma’nolar chiqarib olishingizni qaydan bilibman-ey!..

— Yo‘q, to‘g‘risini, erkakcha ayting. Buni yozishdan maqsadingiz bo‘lgan. Masalan, mana bu holatni – shokila-shokila, deylik, popuklarni qanday qabul qilish mumkin? Axir bu to‘g‘ri osilib, biroz qimirlab turishi kerak edi-ku. Siz esa xontaxta ustida burishgan-tirishganday qilib yozibsiz. Rostdanam avvaldan bu ishni qilib yurarmidingiz, ishqilib?

— Mening ishim shu, aka. Faqat bu safar bilmay yozib qo‘yibman xolos. Agar shuncha ma’nolar topishingizni bilganimda mutlaqo yozmasdim. Mana, masalan, mana bu yerda piyola turibdi, desam, ishonasizmi?

— Albatta, ishonaman. Faqat nega endi mana shu yerga piyolani qo‘yib yozdingiz? Deylik, uni mana bu joyga qo‘yib yozsangiz ham bo‘lardi-ku. Demak, niyat buzilgan. Siz piyolada araq ichadi, deb o‘ylayapsiz.

— Yo‘q, jon aka, bunaqa o‘ylaganim yo‘q. Siz araq ichasizmi-yo‘qmi, menga baribir. Umuman bu yerda piyolaning, araqning, sizning araq ichishingizning nima daxli bor?! Men yozgim kelgani uchun yozdim xolos.

— To‘g‘risini ayting, meni ichvoldi, deb o‘ylayapsizmi? Agar shunday o‘ylayotgan bo‘lsangiz, bilasizmi, men sizni…

— Bilaman, aka, siz meni umuman tanimaysiz. Faqat yozishimga, chiroyli yozishimga xalaqit bermasangiz bas. Kechirasiz-u mabodo rostdanam ichvoganmasmisiz?

— Nega icharkanman-ey? Xo‘p, ichvosam, nima bo‘pti, sizga og‘irligim tushyaptimi? Umuman ichish-ichmaslik hech narsani hal qilmaydi-ku axir. Nima, ichish jinoyatmi? Hay, undan ko‘ra yoza qoling. Yaxshilab, to‘la yozing. Bu yerda ichadiganlar o‘tirmaydi, deb yozing. Shunda hech kim qaramaydi va siz xohlaganingizcha yozaverasiz.

— Kechiring, sizning hurligingizni cheklamoqchi emasman. Xohlasangiz, shu yerda o‘tiring va qarab turing. Lekin xalaqit bermang. Axir bizda ham qachondir shunday yozilishi kerak-ku!

— Omma rahmat. Mana buni shu yerga qo‘ying. Yozdingizmi, demak, bu shu yerda turishi kerak. Yo‘q, ichish uchun emas. Faqat emin-erkin, tortinmay olib o‘tirishimiz uchun.

— Xo‘p, aka, to‘g‘ri tushuning, to‘g‘ri yozibmanmi ishqilib? Xah, o‘zbekchilik qursin-a! Bo‘lmasa sizdan shuni so‘rab o‘tirarmidim!..

29.06.2012