Non kombinatiga muxbir keldi.
— Aytishlaricha, planni 150 foizga bajaribsizlar? — deya gap boshladi u kombinat direktoriga qarab. — Yillik daromadingiz ham o‘tgan yilgidan ikki baravar oshib ketibdi. Ayting-chi, bunga qanday erishdinglar?
Direktor tabassum ila dedi:
— Biz xorijiy harflar terilgan maxsus qolip yasadik. Nonlar hajmini kichraytirib, narxini o‘zgartirmadik. Nonlarga esa boyagi qolip bilan “Adidas” deya tamg‘a bosib chiqardik. Xullas, “importniy non” bo‘ldi-qoldi…
Arxivdan. 1987-yil