2021-yil 6-may kuni Toshkent shahridagi “Gʻalaba bog‘i”da Nabi Jaloliddinning “Urushning davomi” nomli yangi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kitob Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU tomonidan “Urush ko‘rgan adiblar” turkumida nashr etilgan edi.
Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, teatr aktyorlari, urush va mehnat faxriylari, kitobxon yoshlar ishtirok etdi. Yangi kitobdan “Qurb” nomli roman-monolog, “O‘limning rangi” qissasi va “Urush”, “Urushning davomi” hamda “Ayriliq” hikoyalari o‘rin olgan.
Yangi kitobdan yozuvchining “Qurb” nomli roman-monologi ham o‘rin olgan bo‘lib, u modern usulda yozilgani bilan ahamiyatlidir. Roman voqealari Iblis tilidan hikoya qilinadi.
Asardagi hozirgi kun muammolari bilan birga tarixiy shaxslar, xususan, Chingizxon, Nasriddin Afandi kabi obrazlar ham voqealar rivojini boyitishga xizmat qiladi.