Nabi Jaloliddin 1962-yil 2-mayda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. Afg‘on urushi qatnashchisi (1981-83-yy.) va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi (2020).
Toshkent Davlat universiteti(hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
She’riy kitoblari:
“Yalpizli kecha”;
“Hur nido”;
“Sen bilan qolmayman”;
“Ko‘ngil ozod”;
“Endi kuz”;
Nasriy kitoblari:
“O‘limning rangi” (qissa);
“Erkagi bor uy” (hikoya va qissalar);
“Xayyom” (roman);
“Tegirmon” (roman);
“Urushning davomi” (qissalar va roman);
“Jallod ayol” (qissalar)
Nabi Jaloliddin jahon adabiyotida o‘ziga xos iz qoldirgan fransuz faylasufi va yozuvchisi Alber Kamyuning “Kaligula” pyesasini o‘zbek tiliga o‘girgan.