Cho‘lpon haqida ikki kitobli yangi roman — “Tegirmon”

Go‘zal ismlar madhi (Asmai husna)
13.11.2014
Ona Andijon!
26.11.2014

Ustoz Pirimqul Qodirov hayotining so‘nggi yillarida Andijonning erksevar ijodkori haqida tarixiy roman yozishni niyat qilib yurgan edi. Lekin bunga ulgurmadi, Xudo rahmatiga olsin. O‘sha kunlari Nabi Jaloliddin ustozni yo‘qlab, uyiga boradi… Gap orasida ustoz “Xayyom” romanini o‘qiganini aytgach, asosiy maqsadga ko‘chadi: “Nabijon, men Cho‘lpon haqida yozmoqchi edim. Lekin endi ulgurmasam kerak. Shuni siz yozing. Chunki andijonliksiz, ruhingiz, tilingiz yaqin”.

Xalqimizning o‘tyurak shoiri Cho‘lpon haqida roman yozishga o‘zbek adabiyotida ham ko‘p bor urinishlar bo‘lgan. To‘g‘ri, she’rlar, pesalar va dostonlar bitilgan, lekin uning iztirobli hayoti boshdan oxir ochib berilgan tarixiy roman hozirgacha yozilmagan edi.

Nabi Jaloliddin buyuk o‘zbek shoiri va yozuvchisi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon haqida ikki kitob, 5 qismdan iborat “Tegirmon” nomli romanni yozib tugatdi. Bu roman mustaqillik uchun kurashgan haqgo‘y, jasur, g‘animning ko‘ziga tik boqishdan qo‘rqmagan jasoratli va vatanparvar, shuningdek, hayoti bir umr iztirobda, sarson-sargardonlikda, xo‘rlikda o‘tgan Cho‘lpon haqida. Bundan tashqari, asarda tariximizda va adabiyotimizda katta iz qoldirgan o‘nlab buyuk shaxslar ham o‘rin olgan. Qolaversa, o‘tgan asrning 20-30-yillaridagi fojealar aniq va ta’sirchan tarzda yoritilgan.

“Tegirmon” romani 2015-yildan boshlab o‘quvchilar e’tiboriga havola etiladi.

“Tegirmon” — Cho‘lpon haqidagi roman.