“Xayyom” romani uyg‘ur tiliga tarjima qilindi

Ona Andijon!
26.11.2014
Adoqsiz suhbatlar
11.12.2014

Nabi Jaloliddinning Umar Xayyom hayoti va ijodi haqidagi “Xayyom” (“Oraliq”) nomli romani uyg‘ur tiliga tarjima qilindi. Uyg‘uristondan ushbu romanni so‘rab murojaat qilgan noshir-tarjimon Ro‘zimuhammad Mutallib asarni uyg‘ur tiliga o‘girib, yaqin kunlarda kitob holida nashr etish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, “Xayyom” romani 3 yil mobaynida (2001-2004-yillar) yozilgan va 2011-yilda “O‘zbekiston” nashriyotida kitob holida chop etilgan. Ungacha “Sharq yulduzi” jurnalining 3ta sonida bosilgan. Alohida qayd etish kerakki, “Xayyom” romani muhokamasi paytida o‘zbek adabiyotshunoslari uni alohida e’tirof etishgan.