Mung‘ayma ko‘p sho‘rpeshona tun,
Men yig‘lagan bag‘ring ezilib.
Qismatimga chiqarma hukm,
Azobimning qirqma izini.
O‘, anduhim, sog‘inib ketdim,
Ko‘zlaringdan o‘pay kela qol.
Bani odam olganicha tin,
Men ko‘z yoshga bo‘layin hoqon.
Tun – dardimni so‘ylaganim xum,
Guvillagan sukunat oshno.
Azoblarim allalar ruhim,
Dosh qotili sog‘inchga tashna.
Fano derlar – bunchalar uzun,
Umrimdan ham cho‘zildi fano.
Ayriliqning bahrida suzib,
Sog‘inganim sog‘indim mano.
Dodim bor-u, sig‘maydi tunga,
Sabri toshgan bag‘rni netgum?!
Pichirlayman yana shu xumga:
– Men onamni sog‘inib ketdim!..
O-ona-ajo-onim-m, so-og‘inib ketdim!..