Shoirning “Endi kuz…” nomli yangi she’riy kitobi nashrdan chiqdi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Adib” nashriyotida shoir Nabi Jaloliddinning yangi she’riy kitobi nashrdan chiqdi. Shoir kitobni “Endi kuz…” deb nomladi. Kitob iyun oyidan boshlab sotuvga chiqariladi.

Kitob 4ta bo‘limdan iborat: “Mangu yashnar bahorim”, “Sog‘inchlarim, sog‘inganlarim”, “Marhabolar, Laylim, sarson eliga”, “O‘zim avval, o‘zim oxir”. Shuningdek, “Chiptasiz odamlar” dostoni ham o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi.

“Haqiqiy she’rning kechasi, buguni va ertasi bor, — deb yoziladi muallif dastxatida. — Kechasi shoir yuragida, buguni qog‘ozda, ertasi muxlis yuragida. Sizning yuragingizni sog‘indim!.. Shoirlik ne? Shoirlik — bu yuragingni tandirdan uzilgan issiq non kabi burdalab-burdalab ulashish. Mana, sizga issiq non!”

Mazkur yangi kitob 175 sahifadan iborat bo‘lib, ixcham, cho‘ntakbopligi va o‘ziga xos dizayni bilan kitobxonlarni o‘ziga rom etishiga umid bildiramiz.