O‘v, tillari osilgan dunyo,
Mening kabi minglab yil yetim.
Yaratmishni sog‘indingmi yo
Toliqdingmi manzilga yetib?!
Ko‘ksingdagi tiriklik sorig‘,
Nayson o‘lgan yoshlaring ko‘mmas.
Men ham sening holingdan hordim,
Ayriliqni sevmasam bo‘lmas…