Yozolmayman onam haqida…
So‘qir bo‘lar so‘zlarning ko‘zi,
Qonlar oqib quloqlaridan,
Vujudlari ketadi to‘zib.
“Oh” qoladi,
Bo‘g‘izda bir “oh”,
Tilim uzra chuchmal qon ta’mi.
Chuqurlashar yuragimda choh,
Cho‘kib ketar borliqning bari.
Tusholmayman u chohga o‘zim,
Ogoh erur birgina Olloh.
Hatto o‘zim ochmagan tilsim,
She’rga sig‘mas
Mehribonim “Oh”!..