Tarjimai hol

item2
09.05.2013
50 йиллик юбилей – 2012
12.03.2014

Nabi Jaloliddin 1962-yil 2-mayda Andijon viloyati Izboskan tumanida tug‘ilgan. Afg‘on urushi qatnashchisi (1981-83-yillar) va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Toshkent davlat universiteti(hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1993).

Adibning “Yalpizli kecha” (1993), “Hur nido” (1996), “Sen bilan qolmayman” (2002), “Ko‘ngil ozod” (2008) kabi she’riy, “O‘limning rangi” qissasi (1998), “Erkagi bor uy” (2005) hikoya va qissalar to‘plami hamda Umar Xayyom hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi “Xayyom” (“Oraliq”, 2012) romani kitob holida nashr etilgan.

Nabi Jaloliddin jahon adabiyotida o‘ziga xos iz qoldirgan fransuz faylasufi va yozuvchisi Alber Kamyuning “Kaligula” pyesisini o‘zbek tiliga o‘girgan.