Bir oz to‘xtang!
Samoga boqing!
Chekkasini ko‘roldingizmi?
Axir osmon shunchalar yaqin –
Aytguncha bor faqat bir so‘zni.
Endi esa ko‘zingiz yuming!
Qattiqroq,
Og‘rib ketsin kipriklar joni.
Og‘ridimi?..
Aylandimi boshginangiz ming?!..
Asrang o‘shal achishgan joyni.
Asrang ming-ming aylangan joyni.